O‘zbekiston Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga qilingan hujumga munosabat bildirdi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjonning Eron poytaxti Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujum yuzasidan munosabat bildirib, ushbu holatni keskin qoralashini ma’lum qildi.

“Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz. Umid qilamizki, ushbu hodisa sinchkovlik bilan o‘rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi”, deyiladi TIV bayonotida.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazib, Ozarbayjon tomoniga chuqur hamdardlik izhor etgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 yanvar kuni soat 08:30 da Tehronda Ozarbayjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Hujum qilgan shaxs Kalashnikov avtomati bilan qurollangan. Hodisa oqibatida xavfsizlik xizmati boshlig‘i halok bo‘ldi, uning ikki hamkasbi yaralandi. Ikkinchisining holati qoniqarli deb baholanmoqda. Eron politsiyasi Ozarbayjon diplomatik vakolatxonasiga uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchining hibsga olingani haqida xabar berdi.

Shundan so‘ng, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev elchixonaga uyushtirilgan qurolli hujumni qoralab, uni terrorchilik harakati deb baholadi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayxan Hojizoda esa Ozarbayjon qurolli hujumdan keyin mamlakat elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilmoqchiligini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyan ozarbayjonlik hamkasbi Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qilib, Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qilingan hujumdan ikki davlat dushmanlari foydalanganini bildirdi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing