O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol kishi xorijiy mamlakat elchisi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol kishi xorijiy mamlakatga Favqulodda va muxtor elchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi masala bugun, 19 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqildi. 

Majlisda Isroil davlatiga Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Senatorlar Feruza Yuldashevna Mahmudovani O‘zbekistonning Isroil davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Norboyeva shu kunga qadar mamlakatimiz 130 dan ziyod xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan bo‘lsa, ularda hali birorta ayol elchi tayinlanmaganini ta’kidladi:

“Feruza Yuldashevna mustaqil O‘zbekistonning birinchi ayol elchisi sifatida tarixda qoladi. Bu sharaf bo‘lishi bilan birga, ulkan mas’uliyat hamdir. Qolaversa, uning bunday mas’uliyatli lavozimga loyiq topilgani mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak ishonch va e’tirof namunasidir. Ishonamizki, bunday e’tibor va e’tirofga bundan keyin ham ko‘p marotaba guvoh bo‘lamiz. Zero, o‘zbek ayollari bunga munosibdir”.  

Senatorlar Feruza Mahmudovaning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi va  xorijda, xususan, Isroilda mamlakatimiz manfaatlari yo‘lida bor bilim va salohiyatini ishga solib, o‘z faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yishiga ishonch bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yalpi majlis Senat Feruza Mahmudova

Baholaganlar

221

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing