O‘zbekiston tarixida ilk bor YAIM 145 mlrd dollardan oshdi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston tarixida bu yil yalpi ichki mahsulot 145 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.

Prezidentning murojaatnomasida qayd etilishicha, 2025 yilda mamlakat barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan.

“Jahon miqyosida ishlab chiqarish hamda transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomashyo va moliyaviy resurslar narxi keskin oshib borayotgan sharoitda ham O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror va ishonchli o‘sishni namoyon etmoqda. Bu natijalar dunyo hamjamiyati hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham yuksak baholanmoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qo‘shimcha qilinishicha, bor-yo‘g‘i to‘qqiz yil avval iqtisodiyot hajmini 100 milliard dollarga yetkazish O‘zbekiston uchun katta marra hisoblangan. Bu yil esa tarixda ilk bor yalpi ichki mahsulot hajmi 145 milliard dollardan oshgan.

Shuningdek, eksport hajmi 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetgan (oltindan tashqari — 23,5 milliard dollar).


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev yalpi ichki mahsulot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing