O‘zbekistonda taqiqlangan ozdiruvchi dorilar ro‘yxati e’lon qilindi
Salomatlik
−
11 mart
11269O‘zbekiston hududida internet tarmoqlari orqali onlayn sotilayotgan, realizatsiya qilish va saqlash taqiqlangan ozdiradigan ayrim mahsulotlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi ma’lum qildi.
Ro‘yxatda quyidagi dorilar va mahsulotlar mavjud:
- "Reborn Ultimate"
- "Lipotrim Ultra"
- "Seksualnaya figura”
- "Al-Sheikh"
- "Fatzorb"
- "Fatzorb Ultra"
- "Fatzorb Plus"
- "Spirulina"
- "Arabic"
- "Reduksin Layt"
- "Kod S"
- "Shafran diet"
- "Gold Puma"
- "Blokator jira"
- "Hot pepper"
- "Fermentaiz"
- "Lipoksin dlya poxudeniya"
- "Kuaymiy Extra"
- Slim ultra (Samyun Wan)
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur modda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi 818-son qarori bilan tasdiqlangan Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Lekin tarkibida sibutramin moddasi mavjud bo‘lgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatgan.