O‘zbekiston Tailand ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Sport

image

Bugun, 14 iyun kuni Namangandagi “Navbahor” markaziy stadionida futbol bo‘yicha Osiyo kubogiga saralash bosqichining so‘nggi 3-turi doirasida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailand termasiga qarshi maydonga tushdi.

Qayd etish joizki, ushbu uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan o‘zbekistonlik futbolchilar raqib darvozasi tomonda xavfli vaziyatlar vujudga keltirdi. Natijada 8-daqiqaga kelib, Jaloliddin Masharipov hisobni ochdi. 23-daqiqada esa Azizbek Turg‘unboyev oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Birinchi bo‘limda jamoalar harchand urinmasin boshqa gol kiritilmadi va 2:0 hisobida tanaffusga chiqishdi.

Ikki taym ham kutilganidek “oq bo‘rlarning tashabbusi ostida kechdi. Biroq ayrim vaziyatlarda omad O‘zbekiston terma jamoasidan yuz o‘girgan bo‘lsa, qo‘shimchasiga tailandliklar darvozaboni ham ajoyib o‘yin namoyish qildi va bahsda 2:0 hisobi saqlanib qoldi.

Avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga yo‘llanmani naqd qilgani ma’lum bo‘lgandi. Bundan oldin, esa Srechko Katanets shogirdlari Maldiv termasini yirik hisobda mag‘lub qilgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing