O‘zbekiston ta’lim sohasida Qatar bilan hamkorlik qiladi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2023 4053 1 daqiqa
Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida imzolangan hamkorlik bitimi kuchga kirdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
2023 yil 13 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–305-son qarori qabul qilindi. Unga asosan, 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlik bitimi tasdiqlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi. Shuningdek, shartnoma kuchga kirganidan keyin Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Ozarbayjon va O‘zbekiston bilan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha alyanslar tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025