O‘zbekiston so‘z erkinligi reytingida nechanchi o‘rinda ekanligini bilasizmi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston so‘z erkinligi reytingida 53,52 ko‘rsatkich bilan 160-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endilikda davlat hududi xaritada avvalgidek qora emas, balki qizil rangda belgilandi. Bu haqda “Chegara bilmas muxbirlar” nohukumat tashkiloti xalqaro maydonda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat to‘g‘risidagi yillik hisobotida ma’lum qilindi.

Matbuot erkinligi reytingiga “mahalliy jurnalistlarning erkinlik darajasi”ga ko‘ra saralangan 180 ta davlat ro‘yxati kiritildi.

Ma’lumot uchun, reytingni tuzishda o‘ldirilgan, qamoqqa tashlangan jurnalistlar soni, shuningdek jinoiy ta’qib qilinayotgan blogerlar va jurnalistlar assistentlari kabi ayrim qo‘shimcha mezonlar ham hisobga olinadi.

Ushbu reytingda dastlabki uchta o‘rinni Norvegiya, Finlyandiya va Niderlandiya egalladi. Rossiya bu borada 149 o‘rinda qayd etildi. MDH davlatlari orasida yetakchilikni Armaniston (61-o‘rin), va Qirg‘iston (81-o‘rin) davlatlari o‘zlarida saqlab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

OAV

Baholaganlar

194

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing