O‘zbekiston Suriyadagi fuqarolarini qaytarish uchun yana bir operatsiya o‘tkazmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Suriya Arab Respublikasiga tashrif buyurib, ushbu mamlakatda qiyin ahvolga tushib qolgan respublikamiz fuqarolari, ayollar va bolalarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha navbatdagi aksiyaning tashkiliy masalalarini o‘rgandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

“Fuqarolarimizni Vatanga qaytarish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bevosita majburiyatidir. Ushbu maqsaddagi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida faqat insonparvarlik tamoyillariga tayaniladi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik aksiyalarini o‘tkazgan, buning natijasida 220 nafar ayol va bola Yaqin Sharqdagi mojaro hududlaridan mamlakatga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

292

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing