O‘zbekiston Superligasining 4 ta uchrashuvi yakunlandi

Sport

image

Bugun, 20 noyabr kuni O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan 4 ta o‘yin o‘tkazildi. Dastlab kunning ilk bahsi “Qo‘qon-1912” hamda OKMK o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlandi. 

O‘yinning 15-daqiqasida Boake Olmaliq jamoasining birinchi golini urib, hisobni ochdi. 72-daqiqada Andrey Sidorov muvozanatni tenglashtirdi. 82-daqiqada esa Yo‘ldoshev yana konchilarni oldinga olib chiqdi. Ordan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas, Yosovich o‘z  goli bilan Qo‘qon shahri jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.  

Ushbu natijadan so‘ng OKMK ochkolari sonini 47 taga yetkazib olgan holda 2-o‘rinni saqlab qoldi. 33 ochkoga ega qo‘qonliklar 8-pog‘onadan joy olgan.

Turnirning markaziy uchrashuvi Jizzaxda “So‘g‘diyona” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va unda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Mezbonlar safida Shohruz Norxonov hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Husain Norchayev muvozanatni tikladi.

Ochkolari sonini 44 taga yetkazib olgan jizzaxliklar to‘rtinchi, hisobida 45 ochko bo‘lgan “ajdarlar” esa 3-o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, 25-turning yana bir bahsida “Bunyodkor” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, Avazbek O‘lmasaliyev o‘yinda hisobni ochdi. Mehmonlar safida Murod Bobojonov muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng, O‘lmasaliyev dublni rasmiylashtirgan holda, jamoasini oldinga olib chiqdi. Bahsning 68-daqiqasida Xurshid G‘iyosov oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 

Shunday qilib, “qaldirg‘ochlar” ushbu g‘alabadan so‘ng, ochkolari sonini 42 taga yetkazib old. Ayni damda ular 5-o‘rinda bormoqda. 22 ochkosi bor “Surxon” 10-pog‘onada joylashgan.

25-turning yana bir markaziy bahsida “Lokomotiv” o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Sherlar” safidagi 3 golning barchasini “sherlar” vingeri Hojimat Erkinov raqib darvozasiga kiritdi.

Shu tariqa, Xyuistra shogirdlari ochkolari sonini 60 taga yetkazib oldi. “Temiryo‘lchilar” hisobida 36 ochko mavjud.
 


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Lokomotiv Superliga Nasaf Bunyodkor Qo'qon OKMK

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing