O‘zbekiston so‘nggi 8 yil ichidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
Sport
−
06 Dekabr 2023 11337 1 daqiqa
Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) guruh bosqichi o‘yinlari yakunlangach O‘zbekiston OFK reytingidagi o‘zining oxirgi 8 yillikdagi eng yaxshi natijasiga erishdi.
6-tur davomida O‘zbekistonning 4 ta jamoasi musobaqa guruh bosqichida 24 ta o‘yin o‘tkazdi. 6-turdagi natijalardan keyin O‘zbekistonning ballari 2,5 taga ko‘paydi. Natijada O‘zbekistonning 2023 yil yakunlariga ko‘ra ballari 10,750 ga yetdi.

2022 yilda o‘zbek klublarining yig‘gan ballari 10,057 ni tashkil qilgandi. Oxirgi 6 yil ichida O‘zbekistonning reytingdagi ballari 10 dan ham oshmagan.
Shunday qilib, bu borada O‘zbekiston OFK reytingini 5-o‘rinni egallab turibdi. BAA,Eron,Qatar va Saudiya Arabistoni reytingning yuqori to‘rtligini band etgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr