O‘zbekiston-Singapur o‘rtasida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi
Jamiyat
−
24 may 2023
7175O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida iqtisodiyot, sanoat, turizm, madaniyat va boshqa sohalar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik hujjatlari imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xususan, tashrif davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Singapur Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Singapur Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Singapur Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur Respublikasi Savdo va sanoat vazirligi huzuridagi Singapur turizm boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Singapur turizm agentliklari milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Singapur hamkorlik agentligi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot sohasidagi qo‘shma faoliyat to‘g‘risida hamkorlik bitimi;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Singapur Respublikasi Biznes federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.
LiveBarchasi