O‘zbekiston shifokorlar koronavirusga chalinganlarni davolashga majburlanyaptimi? (intervyu)

Intervyu

Marhum shifokorning qizi otasi karantin zonaga borishga majburlanganini aytdi north_east

Marhum shifokorning qizi otasi karantin zonaga borishga majburlanganini aytdi

28 iyun kuni O‘zbekistonda xizmat vaqtida koronavirus yuqtirib olgan shifokor vafot etgani haqida xabar bergan edik. U Toshkentdagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Alisher Uralov edi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shifokor shu yilning 14 iyun kunidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida faoliyat ko‘rsata boshlagan.

Marhum shu yilning 23 iyun kuni ahvoli og‘irlashib, dastlab Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, so‘ng esa Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkir miokard infarkti tashxisi bilan yotqizilgan.

26 iyunda esa yurak, nafas va o‘pka yetishmovchiligi kuzatilib, ahvoli og‘irlashganligi uchun reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari tomonidan bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

Biroq kardiolog, pulmonolog, terapevt, virusolog, reanimatologlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bugun, 30 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda marhumning qizi Shahnoza Hasanovaning e’tirozlari tarqaldi. Unda qayd etilishicha, marhumga o‘z vaqtida davo choralari ko‘rsatilmagan. U koronavirusga chalingan bo‘lsa ham shifoxonaga yotqizilmagan. Hasanovaga ko‘ra, mamlakatda ko‘plab tibbiyot xodimlari koronavirusni davolash ishlariga majburan jalb qilinmoqda va ular himoya vositalari bilan ta’minlanmagan.

Umuman olganda, O‘zbekistonda koronavirusni davolash jarayonida, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashish davrida karantin zonasida faoliyat yuritayotgan shifokorlarga munosabat qay darajada? Ular huquqiy va tibbiy muhofazaga olinganmi? Yo noroziligiga qaramasdan, virus urchigan hududlarga yuborilyapti va qurbon bo‘lyaptimi? Ushbu masalada Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori, professor Erkin Musaboyevga mikrofon tutdik. Intervyuni to‘liq yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Erkin Musaboev

Baholaganlar

460

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing