O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat yuzasidan xavotir bildirdi
Jamiyat
−
09 may 2022
21177O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotirda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga asoslanib, xabar bermoqda.
“Biz tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz, - deb ta’kidlangan bayonotda.
Rasmiy Toshkentning ta’kidlashicha, Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyutsiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur.
“Biz tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda
Eslatib o‘tamiz, Islom hamkorlik tashkiloti va Kuvayt Isroilni yahudiylarning noqonuniy manzilgohlarida 4000 ta yangi bino qurish va 12 ta Falastin qishlog‘ini vayron qilmaslikka chaqirgandi.
LiveBarchasi