O‘zbekiston shaxmat tarixida ilk bor dunyo reytingida TOP-20 talikka kirdi!

Sport

image

Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE tomonidan yuritiladigan jahon shaxmat reytingida O‘zbekiston ilk bor kuchli 20 talikka kirishga muvaffaq bo‘ldi. 2022 yil iyul oyi reytingiga asosan O‘zbekiston jahon shaxmat reytingida 19-o‘rinni egalladi. 

Dunyo reytingini AQSH (1-o‘rin), Rossiya (2-o‘rin), Xitoy (3-o‘rin) boshqarib bormoqda. Shaxmat vatani Hindiston reytingda 4-o‘rinni band qilgan. Kuchli o‘ntalikdan Ukraina (5-o‘rin), Ozarbayjon (6-o‘rin), Fransiya (7-o‘rin), Germaniya (8-o‘rin), Armaniston (9-o‘rin), Ispaniya (10-o‘rin) joy olgan. 

Reytingda O‘zbekiston dunyo shaxmatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Argentina (20-o‘rin), Gruziya (22-o‘rin), Serbiya (23-o‘rin), Eron (24-o‘rin), Italiya (25-o‘rin) , Bolgariya (26-o‘rin), Ruminiya (27-o‘rin), Kuba (30-o‘rin) va Turkiya (31-o‘rin) kabi davlatlaridan yuqori o‘rinda bormoqda. Reytingni Qatar (153-o‘rin), Esvatini (154-o‘rin), Virgin orollari (155-o‘rin) yakunlagan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik 17 yoshli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov dunyodagi yeng yosh beshinchi grossmeyster hisoblanadi. Ma’lumot uchun Nodirbek 13 yosh 1 oy 11 kunligida grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgan. U 2021 yil Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida rapid yo‘nalishi bo‘yicha chempion bo‘lgan.

Yana bir mashhur o‘zbek shaxmatchisi Rustam Qosimjonov 1997 yilda grossmeyster unvonini olgan. 2004 yilda Jahon chempioni, 2010 yilda Guanchjouda o‘tkazilgan  Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing