O‘zbekiston aholisining katta qismi shaharda yashaydimi yoki qishloqda?

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni  35 271 276  kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. 

Statqo‘mga ko‘ra, shahar joylardagi doimiy aholi soni 17,9 million, qishloq joylarda esa 17,4 millionni tashkil qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda eng ko‘p va eng kam aholi yashaydigan viloyatlar ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi. Viloyat aholisi 4 mln 8 ming 843 kishini tashkil qilmoqda. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida yashaydi. Bugungi kunda ushbu viloyatda 873 ming 798 kishi istiqomat qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

aholi soni

Baholaganlar

1217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing