O‘zbekiston Serbiya bilan 12 ta hujjat imzoladi

Jamiyat

image

Bugun, 28 oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Yetakchilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Jumladan:

  • Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;
  • Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Muhandislik, ilg‘or texnologiyalar, sun’iy intellekt va turdosh sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan dastur;
  • Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
  • Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Toshkent va Belgrad shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazilgandi. Shuningdek, ikki davlat yetakchilarining rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston-Serbiya Aleksandr Vuchich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing