O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga yangi rais tayinlandi
Jamiyat
−
25 mart 2022
10169Bugun, 25 mart kuni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga Davron Vahobov rais etib tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Davron Abdujalolovich Vahobov 1980 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini, 2003 yilda Toshkent iqtisodiyot universitetini, 2007 yilda esa Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Kadrlarni qayta tayyorlash markazida boshlagan.
2002-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zbekekspertiza” AJ Tovarlarni sertifikatlashtirish bo‘limi mutaxassisi, 2004-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zbekekspertiza” AJ Sergeli filiali boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, 2020 – 2022 yillarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Davron Vahobov 2020 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining avvalgi raisi Adham Ikromov Sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi