O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan bojxona ishlarida hamkorlik qiladi

Olam

image

O‘zbekiston haqida Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik qilinadi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 yanvarida“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Malumot uchun, mazkur bitim 2022 yil 17 avgust kuni Jidda shahrida imzolangan edi.
Shuningdek, bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni poytaxt Toshkent yaqinida yashil vodorod zavodini qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing