Rossiyada o‘zbekistonliklarning konsertiga OMON bostirib kirganiga munosabat berildi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi Yemelyanovskiy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari “Korona” banket zalida uyushtirilayotgan o‘zbekistonlik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning konsertga bostirib kirib, migrantlarni tintuv qilgani haqida xabar berilgandi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida litsenziyaga ega advokat voqea joyiga yuborildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, ayni paytda mazkur holat Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligi doirasida o‘rganilmoqda.

Ma’lumot uchun, Rossiya Ichki ishlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati va Rossiya Milliy gvardiyasi maxsus bo‘linmalari xodimlari o‘zbekistonlik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev konsert berayotgan ko‘ngilochar maskanda reyd o‘tkazib, 620 nafar mehmonni, jumladan, 210 nafar xorijlikni tintuv qilgan. Bu tintuv Rossiyaga xorijdan borgan chet el fuqarolari va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida o‘tkazilgan. Ularda taqiqlangan narsa yoki moddalar topilmagan.

Shunday bo‘lsa-da, 26 nafar xorijlik politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Ulardan sakkiz nafari Rossiyada noqonuniy bo‘lgani aniqlangan.

Reyddan so‘ng politsiya xodimlari tomonidan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Rossiyaga kirish yoki u yerda bo‘lish, shuningdek, immigratsiya qoidalarini buzganlik uchun jami 19 ta ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Bundan tashqari, Rossiya Jinoyat kodeksining 322.3-moddasi (chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni noqonuniy ro‘yxatga olish) bo‘yicha uchta ish to‘plangan. Mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jaloliddin Ahmadaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing