O‘zbekiston Rossiyada Spark ishlab chiqaradi. Ammo boshqa nom bilan

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkes Respublikasida avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Dastlab Rossiyada Spark avtomobillari Atlas nomi bilan ishlab chiqariladi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ raisi Baxtiyor Umurzoqov ma’lum qildi.

“Ayni vaqtda ikki tomonlama ishchi guruh Qorachoy-Cherkes bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqyapti. Loyiha o‘zini oqlashi, u yerda ishlab chiqarilgan avtomobillar raqobatbardosh va hamyonbop bo‘lishi uchun harakat qilamiz”, dedi Umurzoqov Toshkentdagi “Lokalizatsiya-2019” xalqaro forumida.

“O‘zavtosanoat” rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha faqat Atlas brendi ostida chiquvchi Spark modeli haqida gap boryapti. Qolgan modellarni ishlab chiqarish uchun ham ruxsat berilsa, ular ustida ham ish olib boriladi.

Rossiyada dastlabki Atlas avtomobillari kelasi yilning birinchi choragida yig‘iladi.

Qayd etilishicha, texnik-iqtisodiy asoslar tayyor bo‘lgach, General Motors kompaniyasining Qorachoy-Cherkesda sifatli avtomobil ishlab chiqarish uchun sharoit borligi to‘g‘risidagi roziligi kerak bo‘ladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Rossiyada avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Sankt-Peterburgdagi General Motors zavodi yoki Qorachoy-Cherkes Respublikasidagi “Derveys” korxonasini mo‘ljallayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zavtosanoat Spark

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing