O‘zbekiston-Rossiya o‘yinida qimorga asoslangan sayt reklama qilindi

Sport

image

Kecha, 20 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv vaqtida stadion chetidagi tablolarda Rossiya bukmekerlik kompaniyasining reklamasi aylanib turdi.

Bu holat O‘zbekistonning amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra zid hisoblanadi. 

"Reklama to‘g‘risida"gi qonunning 46-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni, shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlari va internetdan foydalangan holda tashkil etiladigan qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni reklamasi taqiqlanadi.

Shuningdek, mazkur holat Vazirlar Mahkamasining 176-sonli "Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ziddir.

Qayd etilishicha, Iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish agentligi holatni o‘rganib, chora ko‘rish bo‘yicha ish olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

480

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing