O‘zbekiston rasmiylari migrantlar huquqlari himoyasi bo‘yicha yig‘ilishda qatnashish uchun Rossiyaga ketdi

Olam

image

Bugun, 28 aprel kuni O‘zbekiston vazirlik va idoralaridan tarkib topgan delegatsiya migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yig‘ilishda qatnashish uchun Rossiyaga yo‘l oldi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston vazirlik va idoralari delegatsiyasi Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligida mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha idoralararo ishchi guruhning birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Rossiyaga yo‘l olgan.

Qayd etilishicha, ishchi delegatsiya tarkibiga Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga xorijdagi o‘zbekistonliklar bo‘yicha parlament so‘rovi yuborilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur so‘rov ortidan vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov munosabat e’lon qilgan edi. Burhonovga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, doimo himoya qilib kelgan va bu faoliyati ustuvor bo‘lib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing