O‘zbekiston rasman yana bir assotsiatsiyaga a’zo bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston milliy kino komissiyasi rasman Osiyo kinokomissiyalar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘ldi. Bu Janubiy Koreyada XXIV Pusan xalqaro kinofestivalida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ta’kidlanganidek, marosimdagi chiqishlar mazkur tashkilotning yillik Bosh assambleyasida bo‘lib o‘tdi.

"Har oyda O‘zbekiston kinolokatsiyasi haqidagi ma’lumotlar butun dunyo bo‘ylab axborot resurslari orqali tarqatiladi. Muhim tadbirlar orasida dunyodagi eng yaxshi loksheyn-menejerlar bilan assotsiatsiyani tashkil etadigan loksheyn-turlar ham bor",deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Osiyo kinokomissiyalar assotsiatsiyasi 18 mamlakatning 59 ta tashkilotini (kinokomissiyalar va kinostudiyalar) o‘z ichiga oladi. U o‘z a’zolarini xalqaro bozorda, masalan, London, Los-Anjeles va Gonkongda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. Assotsiatsiya tarkibiga Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Janubiy Koreya, Iordaniya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlar kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston turizm rasman yana bir assotsiatsiyaga a'zo bo'ldi

Baholaganlar

10

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar