O‘zbekiston raisligida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining uchrashuvi boshlandi
Jamiyat
−
13 aprel 2023
6249Bugun, 13 aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston tomoni raisligida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining uchrashuvi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Tadbirda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida yopiq majlis bo‘lib o‘tgan, uning yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotda davlatlar Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari javobgar ekanini bildirgan edi.
LiveBarchasi