O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi boshchiligidagi delegat Turkiston viloyatiga bordi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining favqulodda vaziyatdan zarar ko‘rgan hududlarida bo‘ldi.Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

"Bu yerda suv toshqini natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlari yana bir karra o‘rganilib, zarur tadbirlar belgilab olindi", deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi tarafidan 209 nafar shaxsiy tarkib, 169 ta qishloq xo‘jaligi, muhandislik va yong‘in-qutqaruv texnikalaridan iborat qo‘shimcha kuch va vositalar mazkur hududga yetib borgan.
     
Hozirda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Turkiston hokimi O‘zbekistonda bo‘lib qaytgan edi.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Sardoba suv ombori Turkiston

Baholaganlar

413

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing