Shavkat Mirziyoyevning Turkistonga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
15 may 694 1 daqiqa
Bugun, 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, unda muhim tashabbuslarni ilgari surgan, tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tgan.

Shuningdek, Prezident Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hamrohligida O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan masjidni borib ko‘rgan hamda delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda Turkistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishgan.

Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Live
Barchasi