O‘zbekiston Portugaliya bilan hamkorlikni kengaytiradi

Jamiyat

image

Kecha, 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Portugaliya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Paulu Joao Lopesh du Regu Vizeu Pineyruni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir elchini tayinlov bilan tabriklagan va unga yuqori va mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilagan.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama shaklidagi hamda "O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi" muloqoti doirasidagi O‘zbekiston-Portugaliya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, umumiy kun tartibining barcha masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi muntazam maslahatlashuvlarning qayta boshlanishi istiqbolli yo‘nalishlar va aniq loyihalarga e’tibor qaratish va ularni birgalikda amalga oshirish imkonini beradi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Portugaliya elchisi qabul qildi

Baholaganlar

5

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing