O‘zbekiston Pokistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi 

Jamiyat

image

Aholisi misli ko‘rilmagan musson yomg‘irlari oqibatida suv toshqinlaridan aziyat chekkan Pokistonga yordam ko‘rsatish maqsadida kecha, 1 sentyabr kuni Toshkentdan ushbu mamlakatga insonparvarlik yuki jo‘natildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Pokistonga harbiy havo transporti orqali qariyb 40 tonna yuk yetkaziladi.

Insonparvarlik yuki tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan o‘simlik yog‘i, un, guruch, go‘sht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa tovarlar kiritilgan.

Aytish joizki, so‘nggi bir necha hafta ichida Pokistonda musson yomg‘irlari va suv toshqinlari 30 milliondan ortiq kishining kundalik hayotini izdan chiqargan. Mamlakat g‘arbi va janubidagi Balujiston va Sind provinsiyalari eng ko‘p zarar ko‘rgan. Yuz minglab odamlar boshpanasiz qolgan.

Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, Pokiston dunyo hamjamiyatiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Kuchli yomg‘ir va keng ko‘lamli toshqinlar oqibatida 1000 dan ortiq odam vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing