“O‘zbekiston pochtasi” Xitoydan keladigan jo‘natmalar kechikayotganidan ogohlantirdi

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda yangi koronavirus tarqalishi tufayli Xitoydan pochta jo‘natmalarini qabul qilish bir muncha uzoq muddat talab qilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston pochtasi” Matbuot xizmati xabar berdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus narsalar ustida, jumladan posilka, banderollarda uzoq vaqt saqlanmaydi.

Shunga qaramay, O‘zbekiston pochtasi Xitoydan pochta jo‘natmalarini qabul qilish, sanitariya-epidemiologik jihatdan ularni xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rgan.

Xitoydan pochta jo‘natmalarini yetkazib berish kechikishlari asosan ushbu davlat bilan havo transporti parvozlarining vaqtincha to‘xtatilishi bilan bog‘liq.

“Ishontirib aytamizki, O‘zbekiston pochtasi xodimlari pochta jo‘natmalaringizni tezkorlik bilan yetkazib berish uchun doim harakatda”, deyiladi tashkilot xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston pochtasi koronavirus

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing