O‘zbekiston pasportlar reytingida 3 pog‘ona pastladi

Jamiyat

image

Henley & Partners kompaniyasi tomonidan jahon pasportlari indeksi tuzildi. Unda O‘zbekiston 86-o‘rinni egalladi.  

2020 yilga nisbatan O‘zbekiston reytingda 3 pog‘onaga pastlagan. Mamlakat fuqarolari haligacha 57 ta davlatga vizasiz kirishi yoki borgandan keyin viza olishi mumkin.

Reytingda eng yomon ko‘rsatkichni fuqarolari 26 mamlakatga bora oladigan Afg‘oniston qayd etgan.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida Yaponiya turibdi. “Kunchiqar yurt” fuqarolari dunyoning 191 mamlakatiga vizasiz bora oladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing