O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 67-o‘rinni egalladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston “ Passport Index” reytingida 193 ta davlat orasida 67-o‘rinni egalladi. Bu davlat fuqarolari uchun dunyoning 25 davlatida vizasiz rejim amal qiladi, 42 davlatga esa borganidan so‘ng viza olishi mumkin. Umumiy hisobda, 131 ta davlat o‘zbekistonliklardan viza talab qiladi.

Reytingga Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 193 ta davlat va 6 ta hudud – Xitoy Respublikasi Tayvan, Makao va Gonkong (Xitoy SAR), Kosovo, Falastin hududi va Vatikan kiritilgan.

Reytingda birinchi o‘rin Birlashgan Arab Amirliklariga nasib etdi – bu davlat fuqarolari 113 ta mamlakatga vizasiz borishi mumkin, 53 ta mamlakat BAA fuqarolariga kelgandan so‘ng viza beradi. Afg‘oniston pasporti eng zaif shaxsni tasdiqlovchi hujjat deb topildi. Mamlakat fuqarolari faqat to‘rtta davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin, yana 31 davlatda viza kelgandan keyin beriladi.

Markaziy Osiyo respublikalardan Qozog‘iston – 52, Qirg‘iziston – 66, Tojikiston – 69 va Turkmaniston – 73-o‘rinni egalladi. MDH davlatlari orasida Moldova yetakchi bo‘ldi (35-o‘rin). Ukraina 19-o‘rinni egalladi – uning fuqarolaridan 88 ta davlatda viza talab qilinmaydi. 47 ta davlat borgandan so‘ng ukrainaliklarga viza beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

683

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing