O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Rossiyaga boradi
Jamiyat
−
19 fevral
5844O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi 19-20 fevral kunlari Rossiyada bo‘ladi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin hamda Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashishi kutilmoqda.
Bo‘lajak uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, bu yo‘nalishdagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Rossiya Federatsiyasi Federal majlisining Davlat Dumasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tishi nazarda tutilgan.
Mazkur tashrif Rossiya parlamenti delegatsiya a’zolarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (2022 yil, noyabr)da bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida rejalashtirib olingan.