O‘zbekiston Paralimpiadani 13-o‘rinda yakunladi

Sport

image

Parij shahri mezbonlik qilgan XVII Paralimpiada o‘yinlarini O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 13-o‘rinda tugatdi.

Delegatsiya o‘z tarixida medallar sifati bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib, 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medal to‘pladi.

O‘zbekistondan teparoq o‘rinni band etgan Germaniya va Kanada jamoalari ham 10 ta oltin medalga ega chiqdi, biroq mazkur davlatlar vakillari kumush medallarning ko‘pligi evaziga 10 va 11-o‘rinni band etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi bugun, 9 sentyabr kuni mamlakatga qaytib keladi. Delegatsiya a’zolaridan iborat samolyot mahalliy vaqt bilan 18:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Parij Paralimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made