O‘zbekiston Panamani yirik hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
11 noyabr 2025 8338 1 daqiqa
Bugun, 11 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining guruh bosqichidagi so‘nggi bahsda panamalik tengqurlari bilan o‘ynadi. O‘zbekistonlik o‘smirlar o‘yinda 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, guruhdan chiqish masalasini hal qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi har ikki jamoa vakillari uchun qiyin o‘tdi. Bir qancha imkoniyatlar bo‘lganiga qaramay, hisob ochilmadi. Xususan, taymning 21-daqiqasida darvozabon Ibrohim Shokirov raqib jamoa penaltisini qaytarib, seyv ijro etdi.
Ikkinchi bo‘lim o‘zbekistonlik futbolchilarning ustunligida boshlandi. 48-daqiqada Abubakir Shukurullayev gol urib, hisobni ochdi. 5 daqiqadan keyin Sadriddin Hasanov ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘zbekistonning 3-goliga esa 68-daqiqada Sayfiddin Sodiqov mualliflik qildi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarning birinchisida Jamshidbek Rustamov, to‘rtinchisida esa Asilbek Aliyev raqib darvozasiga to‘p kiritib, hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan 1 daqiqa o‘tib Abdusamad Saidov penaltini aniq ijro etdi va hisobni yanada yiriklashitirib qo‘ydi – 6:0. O‘yinning so‘nggida panamaliklar futbolchisi Jozef Pacheko ham gol urdi va jamoasining yagona goliga mulliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston ikkinchi bo‘limda kiritilgan 6 ta gol evaziga guruhdan chiqish masalasini hal qildi.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025