O‘zbekiston Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlikka kelishdi
Jamiyat
−
21 iyun 2022
9317Bugun, 21 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish hamda har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolangan. Hududlararo hamkorlik, sanoat, xalqaro avtomobil qatnovi, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, o‘simliklar karantini va himoyasi sohalaridagi hamkorlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar hamda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi shular jumlasidan.
Ushbu hujjatlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikning qator istiqbolli yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Toshkentga yetib keldi. Tashrif davomida Ko‘ksaroyda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari ertaga Xiva shahridagi tarixiy yodgorliklarni ziyorat qilishni rejalashtirgan.
LiveBarchasi