O‘zbekiston Ozarbayjon bilan ham Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzoladi
Jamiyat
−
23 avgust
2557Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi qarorini qabul qildi.
Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
- Maktabgacha ta’lim, kasb-hunar ta’limi, o‘rta maxsus, oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnomalar;
- 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi";
- 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi harakatlar rejasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi Adliya akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sud ekspertizasi markazlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma.
Tashrif doirasida Toshkent va Baku, Shahrisabz va Baylagan, Jizzax va Guba shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar va boshqa ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qosim-Jomart To‘qayev 2021 yilning 6 dekabrida Nur-Sulton (hozirgi Ostona) shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga imzo chekkan. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida tarixiy hujjat – Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma esa joriy yilning 18 aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan.
LiveBarchasi