O‘zbekiston OTJ Misr OTJ bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
Sport
−
09 may 2019
5069Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mazkur Osiyo chempionatida dastlabki uchta o‘rinni egallagan terma jamoalar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Mana shu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Olimpiya terma jamoasi uchun sparring raqiblar topish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Unga ko‘ra joriy yilning iyun oyida Misr olimpiya terma jamoasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. 9 iyun kuni Andijonda, 11 iyun kuni esa Namanganda Lyubinko Drulovich shogirdlari Misr OTJga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishadi.
Misr olimpiya terma jamoasining so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlaridagi qaydnomasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tarkibda Belgiyaning "Gent", Qohiraning "Al-Ahli", Iskandariyaning "Al-Ittihod" kabi kuchli klublar vakillari borligini ko‘rish mumkin.
Darvozabonlar: Umar Saloh ("Zamalek"), Umar Radvan ("Al-G‘una"), Shahob Xolid ("Al-Dahliya").
Himoyachilar: Mahmud Al-G‘azzor ("Al-Ahli"), Usoma Jalol ("Makassa"), Mahmud Marey ("Vadi Degla"), Marvon Al-Nagar ("Al-Ittixad"), Ahmad Abu Fotih ("Zamalek"), Karim Eleraki ("Al-Masri"), Abdulvahhob Ismoil ("Mokavlun").
Yarim himoyachilar: Ahmad Hamdi, Akram Tovfiq, Nosir Mohir (barchasi "Al-Ahli"), Ahmad Bekxem ("Vadi Degla"), Vagix abd Al-Hakim ("Ismoiliya"), Ahmad Mustafo ("Gent" Belgiya), Muhab Yosir ("Nogum"), Ibrohim abd Al-Kavi ("Smuxa"), Yusuf Al-Gavhariy ("Mokavlun").
Hujumchilar: Ahmad Rayyan, Karim Volid Nedved (ikkisi - "Al-Ahli"), Tohir Muhammad ("Mokavlun"), Nosir Mensi ("Payramids"), Sherif Reda ("Smuxa"), Abdulla ("Al-Jaish").
LiveBarchasi
26 noyabr