Milliy terma jamoa izidan Olimpiya terma jamoasi ham g‘alaba qozondi

Sport

image

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Namanganda Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Uchrashuv 3:2 hisobida terma jamoamiz a’zolarining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Gollarga Islom Qobilov, Aziz G‘aniyev va Bobur Abduxoliqovlar mualliflik qilishdi. 

Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni Andijonda bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
 
O‘zbekiston OTJ - Misr OTJ - 3:2 
Namangan shahri, “Markaziy” stadioni.

Gollar: Islomjon Qobilov (17 pen.), Azizjon G‘aniyev (58), Bobur Abduxoliqov (66) - Ahmad Yosir (82), Muhammad Abdulsalom (90+3)

O‘zbekiston OTJ: Umid Ergashev, Islom Qobilov, Dilshod Saitov, Aziz G‘aniyev (Abdulla Abdullayev, 90+2), Sharof Muhitdinov, Nurillo To‘xtasinov (Jasur Jaloliddinov, 83), Abror Ismoilov, Husniddin G‘ofurov, Sanjar Qodirqulov (Abbos G‘ulomov, 75), Bobur Abduxoliqov (Asadbek Sobirjonov, 70), Mirjahon Mirahmadov (Shohruh Abdurahmonov, 90)

Misr OTJ: Muhammad Sobhi, Karim Yahyo (Ahmad Said, 46), Osama Jalol, Muhammad Sobir (Muhammad Ayman, 73), Nosir Maher, Mustafo Muhammad, Ahmad Ramazon, Muhammad Sodiq (Muhammad Abdulsalom, 31), Ammar Hamdi, Salah Muhsin, Muhammad G‘anan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston OTJ Misr OTJ

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing