O‘zbekiston OTBdan yana 200 mln dollar kredit oladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan yana 200 million AQSH dollari miqdorida kredit oladi. Olingan kredit mablag‘lari elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishga sarflanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot bankining 200 million AQSH dollari miqdoridagi kreditini jalb qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan.

Mazkur hujjat loyihasida keltirilicha, 200 million AQSH dollari miqdori 3 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 15 yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladi. OTB mablag‘larni 2020 yil 28 sentyabrda ajratadi.

OTB krediti O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti xarajatlarini hamda qisman “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda – loyiha) moliyalashtirish uchun ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, OTB tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan ijro etuvchi organ hisoblanadi.

OTB asosiy kreditini so‘ndirish, shuningdek ular bo‘yicha foizlar, majburiyat uchun to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Moliya vazirligi elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun OTB tomonidan ajratilgan kredit hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga loyihani moliyalashtirishga 82 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni, o‘n besh yil muddatga uch yillik imtiyozli davri bilan olti oylik LIBOR+1,25 foiz) to‘lash sharti bilan kredit ajratadi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing