O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan 100 million dollar kredit oldi
Jamiyat
−
17 iyul
5351Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga perinatal sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilash uchun 100 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonda onalar o‘limi 2010 yilda har 100 000 tirik tug‘ilgan chaqaloq ichida 38 o‘lim kuzatilgan bo‘lsa, 2020 yilda onalar o‘limi qisqarib, har 100 000 tirik tug‘ilgan chaqaloqqa 30 o‘lim to‘g‘ri kelgan. Ammo hali ham ushbu statistika Yevropa va Markaziy Osiyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda.
Shu boisdan, OTB hukumatga butun mamlakat bo‘ylab qariyb 230 perinatal markazni modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy energiyani tejovchi tibbiy asbob-uskunalar, yangilangan tibbiy standartlar va protokollar bilan ta’minlash, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish va sifatni ta’minlash mexanizmlarini yaxshilashga yordam beradi.
“OTB ko‘magi, homilador ayollar va onalarni tibbiy xizmatlarni olish uchun murojaat qilishga undash uchun akusherlar va hamshiralarni o‘qitishga yordam beradi”, deydi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq OTB O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirish uchun imtiyozli qarz bergani haqida xabar bergan edik. 2021 yil 7 oktyabrda Osiyo taraqqiyot banki Direktorlari kengashi tomonidan “Moliya bozorini rivojlantirish dasturi” loyihasi doirasida O‘zbekistonga 25 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan $100 mln miqdorida qarz ajratilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
O‘ralova Charos
LiveBarchasi