O‘zbekiston Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Sport
−
14 iyun 2022
5921Osiyo kubogi-2023 saralashi doirasidagi so‘nggi turda Falastin jamoasi Filippin ustidan g‘alaba qozonib, o‘z guruhida peshqadamga aylanib oldi. Natijada Osiyo kubogiga saralashning 3-turida qanday natija qayd etishidan qat’i nazar O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligiga boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati berdi.
Falastin birnchlikni qo‘lga kiritgan guruhning ikkinchi bahsida Yaman Mo‘g‘uliston bilan o‘ynaydi. Biroq ushbu guruhda 2-o‘rinni egallagan jamoa 4 ochkodan ko‘p jamg‘ara olmaydi. O‘zbekiston hisobida esa 6 ochko bor. Shu sabab Osiyo birinchiligiga yo‘llanma muddatidan avval naqd qilindi.
Qayd etish joizki, o‘z guruhlarida 6 ochkodan to‘plagan quyidagi jamoalar qit’a birichligida o‘ynash masalasini hal qilishdi. Bular O‘zbekiston, Tailand, Iordaniya, Gonkong, Hindiston, Bahrayn, Tojikiston va Qirg‘iziston milliy jamoalaridir.
Avvalroq, Osiyo kubogiga saralashning ikkinchi turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Maldiv ustidan ishonchli g‘alabaga erishgani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, bugun 14 iyun kuni sarlashning 3-turi doirasida o‘zbekistonlik futbolchilr Tailandga qarshi uchrashuv o‘tkazishadi. Uchrashuv Namangandagi “Navbahor” markaziy stadionida soat 20:30da boshlanishi rejalashtirilgan
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi