O‘zbekiston ortidan Qozog‘iston ham o‘z filmini “Oskar”ga ilgari surdi

Madaniyat-san’at

Qozog‘istonning “Ұli dala zari” (“Buyuk dasht nolasi”) filmi yilning asosiy kino mukofoti – "Oskar" mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi. Bu haqda “Tengrinews.kz” xabar bermoqda.

Kartina “Eng yaxshi chet tilidagi film” tanlovining ro‘yxatiga kiritilgan. Film Qozog‘iston kinematografchilar uyushmasi qoshidagi "Oskar" qo‘mitasi tomonidan tanlangan. 

Film prodyuseri Yernar Malikovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil Qozog‘istonning bir nechta filmi “Oskar” mukofotida mamlakat da’vogar bo‘lishga nomzodlik qilgan. Biroq hakamlar hay’ati “Buyuk dasht nolasi” filmini tanlagan.

Film syujeti Qozog‘istonning tub aholisi boshiga tushgan haqiqiy tarixiy voqealarga asoslangan. Ijodkorlarning ta’kidlashicha, kartinada 1920-30-yillarda ro‘y bergan ocharchilikda mamlakat aholisining 70 foizga yaqini qirilib ketgana aks etgan. Bundan tashqari, 1,5 milliondan ortiq odam o‘z vatanini tashlab, boshqa mamlakatlarga qochishga majbur bo‘lgan.

“Buyuk dasht nolasi” filmi premerasi noyabr oyida Los-Anjelesda o‘tkazilgan Xalqaro Osiyo kinofestivalida bo‘lib o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan "Oskar" mukofotiga rejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi tavsiya etildi. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Oskar

Baholaganlar

173

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing