O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi rekord darajaga yetdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasining yalpi xalqaro zaxiralari joriy yilning 1 may holatiga ko‘ra, 35 mlrd 900,8 mln dollarni tashkil etdi. Ular aprel oyiga nisbatan 744,8 mln dollarga ortgan. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 11,1 mln troya unsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 20,8 mlrd dollardan 21,3 mlrd dollarga oshgan.

Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boshidan 761,6 mln. dollarga yoki 2,2 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1915,45 dollargacha o‘sishining ta’siri 1,3 mlrd. dollarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

1104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing