O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 2,3 foizga o‘sdi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 noyabr holatiga 35 mlrd 211 mln dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan bir oyda mamlakatning xalqaro zaxiralari 797,1 million dollarga yoki 2,3 foizga o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) miqdori bir oy davomida 466 million dollarga ko‘payib, 12 mlrd 417 million dollarga yetgan.

Bir oyda O‘zbekistonning oltin zaxirasi hajmi 325,2 mln dollarga ko‘payib, 21,66 mlrd dollarga yetgan. Mamlakatning sof oltin zaxirasi oktyabrdagi 12,3 million troy unsiyadan 12,1 million troy unsiyagacha kamaygan.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning sof xalqaro zaxiralari 2021 yil boshiga nisbatan 307,4 mln dollarga ko‘paygan.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, mamlakat oltin-valyuta zaxirasining ortishiga oltin narxining oy boshidagi 1730,95 dollardan 1796,30 dollargacha ko‘tarilishi ta’sir qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta-oltin

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar