O‘zbekiston oltin qazib chiqaruvchi eng yaxshi mamlakatlar reytingidan  joy oldi 

Jamiyat

image

“Forbes” jurnali oltin qazib chiqaruvchi eng yaxshi mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Reytingda birinchi o‘rinni Xitoy egalladi. U bir yilda 368,3 tonna oltin qazib chiqargan. 

Shu paytgacha oltin qazib chiqarish bo‘yicha global yetakchi bo‘lgan Janubiy Afrika bu safar birinchi o‘ntalikdan joy olmadi. Avvalgi ro‘yxatda 8-o‘rinni egallagan Peru o‘z o‘rnini O‘zbekistonga bo‘shatib berdi. Braziliya esa bir necha pog‘ona yuqorilab, 7-o‘rindan joy oldi.  Afrika mamlakatlari orasida faqatgina Gana kuchli o‘ntalikka kira oldi.

Shuningdek, oltin qazib chiqaruvchi eng yaxshi mamlakatlar reytingidan Rossiya, (331,1 tonna), Avstraliya (327,8 tonna), AQSH (190,2 tonna), Kanada (170,6 tonna) ham joy olgan.

O‘zbekiston ushbu ro‘yxatning 8-o‘rinidan joy oldi. Mamlakatda oltin ishlab chiqarish hajmi avvalgi yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshib bir yilda 101,6 tonnani tashkil etdi. 

Ma’lumot o‘rnida, birinchi marta O‘zbekistonning oltin ishlab chiqarish miqdori 100 tonnadan oshdi.

Qayd etish kerakki, global oltin qazib olish 2020 yilda 3478,1 tonnani tashkil etgan.

 

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

oltin

Baholaganlar

592

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing