O‘zbekiston oltin bozorida Rossiya bilan raqobatga kiradimi?

Olam

image

O‘zbekiston tashqi oltin bozorida Rossiya bilan raqobatlashishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev ma’lum qildi, deb yozmoqda RBK.  

Ta’kidlanishicha, sanksiyalar tufayli Rossiyaning oltin qazib oluvchi kompaniyalari o‘z mahsulotlarini realizatsiya qilishda muammolarga duch kelgan. 

“Oltin bozori yetarlicha o‘ziga xos va biz sotayotganimizdan ham ko‘proq ishlab chiqaramiz. Bugungi kunda O‘zbekistonda qazib olinayotgan oltin Markaziy bank (O‘zbekiston) tomonidan to‘liq sotib olinadi va oltin-valyuta zaxiralarining bir qismi hisoblanadi. Ya’ni, qandaydir marketing bo‘lishi va biz maqsadli ravishda katta oltin bozorida qandaydir o‘rin egallashga harakat qilamiz, degan narsa yo‘q”, degan Vafoyev. 

O‘zbekistonda yiliga 100 tonnaga yaqin oltin ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy bankiga affinirlangan oltinning barchasini sotib olishda ustuvor mavqe berilgan. Oltin mahalliy Markaziy bank xalqaro zaxiralarining qariyb 60 foizini tashkil qiladi. 

BMT statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston xorijga 4,1 milliard dollarlik oltin sotgan, bu qimmatbaho metall mamlakat jami eksportining 29 foizini tashkil qilgan. 

2022 yil fevral oyidan boshlab respublika eksport tarkibida oltin ulushini sezilarli darajada oshirgan. Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijga, asosan, MDHdan tashqari davlatlarga 2,9 milliard dollarlik oltin sotgan. Qimmatbaho metallar savdosi ushbu davrda umumiy eksport hajmining 52 foizini tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya oltin O'zbekiston

Baholaganlar

482

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing