O‘zbekiston olimpiyachilari misrlik tengdoshlaridan ustun keldi
Sport
−
10 iyun 2019 2912 1 daqiqa
FIFA kunlaridan unumli foydalanishag intilayotgan bir qancha terma jamoalar o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etgan holda, sparring raqiblarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham ishtirok etayapti.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Andijonda Misr terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. “Cog‘lom avlod” stadionida kechgan uchrashuvda vakillarimiz ishonchli tarzda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yinda Bobur Abduxoliqov hisobni ochgan bo‘lsa, keyin zaxiradan maydonga tushgan Aziz G‘aniyev hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda jarimadan gol kiritib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelib qo‘ydi.
Endi 11 iyun kuni O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Namanganda Misr terma jamoasiga qarshi yana bir o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.
O‘zbekiston OTJ – Misr OTJ 2:0 (1:0, 1:0).
Andijon shahri, “Cog‘lom avlod” stadioni.
Gollar: Bobur Abduxoliqov (32), Aziz G‘aniyev (90+3).
O‘zbekiston OTJ: Umid Ergashev, Islom Qobilov, Abdulla Abdullayev, Dilshod Saitov, Nurillo To‘xtasinov, Oybek Rustamov, Ilhom Alijonov, Husniddin G‘ofurov, Sanjar Qodirqulov, Bobur Abdixoliqov, Mirjahon Mirahmadov
Misr OTJ: Salah Omar, Talal Osama, Abdul Salom Muhammad, Sobir Mahmud, Mohir Nosir, Muhammad Mustafo, Tavfiq Akrom, Ramazon Ahmad, Sobir Muhammad, Hamdi Ammar, Ashur Imom.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025