O‘zbekiston Olimpiada uchun yana 5 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi
Sport
−
21 may
3640
Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha litsenzion Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi va o‘zbekistonlik sportchilar eshkak eshish bahslarida yana 5 ta litsenziyaga ega chiqdi. Bu haqda baydarka va kanoe federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Osiyo chempionati yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida 8 ta dastur bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.
Bungacha Nilufar Zokirova, Yekaterina Shubina va Shahriyor Mahkamov Olimpiadaga yo‘llanma olishgandi:
- K1 500 metr: Yekaterina Shubina
- S1 200 metr: Nilufar Zokirova
- K1 1000 metr: Shahriyor Mahkamov.
- Endilikda ular boshqa dasturlar bo‘yicha ham Olimpiadada startga chiqishadi:
- K1 500 metr: Nilufar Zokirova
- S1 200 metr: Yekaterina Shubina
- S2 500 metr: N.Zokirova / Ye.Shubina
- K2 500 metr: N.Zokirova / Ye.Shubina
- S1 1000 metr: Shaxriyor Mahkamov
Shu tariqa, eshkak eshish bahslarida o‘zbekistonlik sportchilarning litsenziyalari soni 8 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq o‘zbekistonlik eshkakchilar 4 ta Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgandi.
Habib Jo‘raboyev
LiveBarchasi