O‘zbekiston oktyabrda Urugvay bilan o‘ynaydi

Sport

image

FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘rtoqlik uchrashuvi joriy yilning 13 oktyabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Urugvay milliy terma jamoalari ilk bor 2018 yilda Montevideodagi "Estadio Cyentenario" stadionda o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Ushbu bellashuvda O‘zbekiston MTJ 3:0 hisobida yutqazgan. Qayd etish joiz, o‘sha o‘yinda o‘zbekistonliklar bosh murabbiyi lavozimini vaqtinchalik Timur Kapadze egallab turgan edi.

Ikkinchi bellashuv esa 2019 yilda “China Cup” o‘rtoqlik turniri doirasi bo‘lib o‘tgan. O‘sha o‘yinda ham urugvayliklar O‘zbekiston MTJ darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritgan.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing