O‘zbekiston MTJning JCH-2022 saralashidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Oldinroq, bugun, 17 iyul kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Hozirgina qura tashlash marosimi o‘z nihoyasiga yetdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi D guruhidan o‘rin egalladi.

D guruhi:

Saudiya Arabistoni
O‘zbekiston
Falastin
Yaman
Singapur

Ma’lumot uchun, saralash o‘yinlariga rasman joriy yilning 5 sentyabrda start beriladi. Guruh g‘oliblari va eng yaxshi 4 ta ikkinchi o‘rin sohiblari keyingi bosqichga yo‘l oladi.


Maqola muallifi

Teglar

jahon chempionati Osiyo chempionati O'zbekiston MTJ

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing